11 Fevral 2021 4235

O'ziga xulosa chiqarmagan fuqaro yana qo'lga tushdi

2021 yil 6 fevral` kuni Paxtachi tumani "Amir Temur" mahallasida yashovchi, 1965 y.t. muqaddam Jinoyat kodeksning 270 va 276-moddalari bilan sudlangan fuqaro R.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tintuv qilinganida, yashash uyini ikki taraflama devorlarini orasidan oq rangli, elim idish ichida 4 dona rangsiz tsellofan paketi ichiga solingan yashil rangli, o'ziga xos o'tkir hidli, quruq holdagi taxminan og'irligi 400 gramm "marixuana" giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага