23 May 2022 651

Pastdargʻom va Payariq tumanlarida giyohvandlik vositalarini yetishtirgan jinoiy guruh aʼzolari ushlandi

Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi hamda DXX hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Pastdargʻom va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetishtirib kelayotgan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida, Pastdargʻom tumanida yashovchi, 1976-y.t. M.A. sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yer maydonida jinoiy aloqalari Pastdargʻom tumanida yashovchi, 1992-y.t. X.B. hamda Toshkent shahrida yashovchi 1984-y.t. R.A.lar bilan birgalikda, 610 tup “marixuana” giyohvandlik vositalarini parvarishlab kelayotganligi fosh etildi.

Yana bir oʻtkazilgan tadbirda esa, Payariq tumanida yashovchi 1970-y.t. A.A. yashash xonadonida 103 tup “Koʻknori” giyohvand oʻsimligini parvarishlab kelganligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага