10 Avgust 2021 364

Pastdarg'omda 1 gektar erni 200 ming dollarga sotmoqchi bo'lganlar qo'lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda, Pastdarg'om tumani hududida 1 gektar er maydonini mahalliy fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSh dollari talab qilgan shaxslar qo'lga olindi.

Ma'lum qilinishicha, xususiy tadbirkor 1988 y.t. R.Sh., qarindoshi 1954 y.t. G'.N. bilan o'zaro jinoiy til biriktirib, tumanning "Do'stlik" massividagi "Kimyogarlar" mahallasi hududidan engil konstruktsiyali issiqxona qurish uchun ajratilgan 1 gektar er maydonini fuqaro A.Sh.ga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSh dollari berishini talab qilishgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbir davomida, R.Sh. va G'.N.lar mazkur fuqarodan kelishilgan mablag'ning 190 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага