5 Avgust 2022 1119

Pastdargʻomda haydovchilardan “oʻlpon” talab qilganlar qoʻlga olindi

“Qator terak” mahallasida yashovchi 1994-y.t. X.Sh. va Juma shahri “Sazagʻon” mahallasida yashovchi 1993-y.t. J.Sh.lar spirtli ichimlik taʼsirida, mast holatda, jamoat joyi hisoblangan “Juma avtobekati”da, oʻziga oldindan tanish boʻlgan “Beklar” mahallasida yashovchi 1983-y.t. Samarqand-Juma yoʻnalishida kirakashlik qiluvchi J.B. bilan, ularga yoʻnalishga chiqishi uchun pul toʻlamaganligini vaj qilib, janjal qilmoqchi boʻlishgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, janjalni tashkil qilmoqchi boʻlgan shaxslar shu bekatda kirakashlik bilan shugʻullanuvchi haydovchilardan “oʻlpon” talab qilish bilan shugʻullanishlari aniqlangan.

Shundan soʻng, tadbir tashkil qilinib, janjal boʻlishi mumkin boʻlgan joyga maxsus guruh bilan chiqilib, holatga aloqador barcha shaxslar qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan 10 (un) sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Hozirda avtoturargohlarni noqonuniy ravishda egallab olib, haydovchilardan pul talab qilib kelayotgan guruhlarni aniqlash boʻyicha tadbirlar davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага