14 May 2022 832

Payariq, Narpay va Paxtachida oltin moddali rudalarni hamda ohak toshlarni noqonuniy ishlab chiqaruvchi shaxslar ushlandi

Payariq tumanida Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1979 y.t. E.A. va 1997 y.t. L.Z.lar yashash xonadonlarida oltin moddali rudalarni ishlab chiqarib kelishgani aniqlanib, 525 kg ruda toshlar, kukunlar hamda 2 ta tegirmon uskunasi protsessual tartibda hujjatlashtirildi.

Narpay tumanida yashovchi 1969 y.t. B.N. va Paxtachi tumanida yashovchi 1986 y.t. X.B.lar esa noqonuniy ravishda “ohak” mahsulotini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi hamda ashyoviy dalillar (4 dona oxak pechi, D-18 mm bo‘lgan jami 48 dona qo‘lbola “gorelkalar”) xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.

Mazkur shaxslar tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 440 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum bo‘ldi.

Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага