16 Sentabr 2021 509

Payariqdagi do'kondan 5100 AQSh dollarini o'g'irlab ketgan Eron fuqarolari qo'lga olindi

2021 yil 12 sentyabr` kuni Payariq tumani IIBga 1981 yilda tug'ilgan B.Sh. ariza bilan murojaat qilib, 12 sentyabr` kuni soat 17:00 larda savdo do'koniga tashqi ko'rinishidan chet davlat fuqarosiga o'xshaydigan bir erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 AQSh dollari pullarini ikkita 50 AQSh dollari kupyuralariga almashtirib berishini so'raganligini, B.Sh. do'konidagi seyfidan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtida, o'sha erkak kishi seyfidagi 5100 AQSh dollarini o'g'irlab olib, yonidagi ayol bilan birga chiqib ketganligini, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Xavfsiz turizmni ta'minlash xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni eron Islom Respublikasi fuqarolari 1958 yilda tug'ilgan R.A. hamda uning turmush o'rtog'i 1980 yilda tug'ilgan S.D.lar sodir etilganligi aniqlanib, Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qo'lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага