4 Sentabr 2022 1342

Pnevmatik qurol olib yurgan yana bir haydovchi aniqlandi

2022-yil 30-avgust kuni soat 23:30 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Soriyev va J.Parmonovlar tomonidan, Bobur koʻchasi boʻylab harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1994-yilda tugʻilgan A.S. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.S. va qurol Yakkasaroy tumani IIO FMBga topshirilgan.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага