19 Iyul 2021 570

Pop tumanida "telegram" orqali kartadagi pullar o'g'irlandi

Joriy yil 12 iyul` kuni, Pop tumanida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Farg'ona viloyati Rishton tumanida yashovchi, Farg'ona davlat universitetining 4-bosqich talabasi, JIB Sirdaryo viloyati Boyovut tuman sudi tomonidan shu yil Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan, 2021 yil 1 fevral` kuni Farg'ona viloyati Rishton tumani IIB Probatsiya guruhi hisobiga olingan, 1999 y.t. yigit shu yilning aprel` oyida telegram messenjerida “Agrobank info” bot kanali tashkil etib, ushbu bot kanal orqali 14 iyun` kuni ariza muallifi bilan telegram messenjeri orqali bog'lanib, unga go'yoki “Omadli aktsiyasi” doirasida 500.000 so'm pul yutib olganligi haqida xabar yuborib, aldab pul mablag'ini fuqaroning bank plastik kartochkasiga o'tkazib berishini bildirib, plastik kartochkasining maxfiy raqamini yozib yuborishini aytgani, so'ng plastik kartochkasida bo'lgan 1.570.000 so'm pullarini qo'lga kiritganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yil 16 iyul` kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага