27 Dekabr 2022 974

Prezident murojaatnomasiga bagʻishlangan Maʼnaviyat va maʼrifat darsi oʻtkazildi

Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida boʻlib oʻtgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsining mavzusi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi mazmun-mohiyati” boʻldi. 

Darsni vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Avazbek Inomov olib bordi. Dastavval xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan videodars namoyish etildi. Shundan soʻng murojaatnomada keltirilgan ustuvor maqsad xamda vazifalarga batafsil toʻxtaldi. Yangi Oʻzbekiston milliy rivojlanishning yangi davriga qadam qoʻyayotgan, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan hozirgi sharoitda prezidentimizning Oliy majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaati gʻoyat muhim ahamiyat kasb etgani, uning mazmun mohiyati, eng avvalo, jamiyatda inson qadrini ulugʻlashga qaratilgani eʼtirof qilindi.

Murojaatnomada keltirilgan ustuvor yoʻnalishlar, dolzarb vazifalar, gʻoya va tashabbuslarni hayotga izchil tatbiq etishda yurtimiz fuqarolari bir tanu, bir jon boʻlib, vatan ravnaqi yoʻlida yuksak sadoqat bilan xizmat qilishi lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Yangi yil bayramiga tayyorgarlik koʻrish, bayram arafasida xizmat intizomiga qatʼiy amal qilinishi boʻyicha tegishligi topshiriqlar berildi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага