7 Iyul 2021
4371
Printer o'g'irligi bilan bog'lik jinoyat fosh etildi
Mirzo Ulug'bek tumani IIO FMB dan kelib tushgan xabarga ko'ra, 18 iyun` kuni soat taxminan 21.30 da noma'lum shaxs istirohat bog'ida joylashgan fotostudiya eshiklari ochiq qolganligidan foydalanib, 30 yoshli Mirjalol U. ga tegishli bo'lgan bahosi 2.000.000 so'mli rangli printerni yashirin ravishda o'g'irlab, voqea joyidan yashiringan.
Ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 22 yoshli Dostonbek R. qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O'g'irlik”) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda.
Toshkent shaxar IIBB Axborot xizmati