22 Iyun 2022 528

Professor-oʻqituvchilarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar berildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida xizmat qilayotgan professor-oʻqituvchilar va xodimlarning farzandlariga oliy oʻquv yurtlari hamda oliy harbiy taʼlim muassasalariga imtiyozli oʻqishga kirish huquqini beradigan tavsiyanomalar topshirildi.

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda Institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari, tinglovchilar, ota-onalar, yoshlar, xodimlarning farzandlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Institut boshligʻi, t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov, soʻnggi yillarda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligini, bugun xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan tadbir ham buning isboti ekanligini taʼkidlab, xodimlarning farzandlariga kelajak yoʻllarida omadlar tiladi.

Ularning yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini va yurtimiz ravnaqi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qiladigan inson boʻlib yetishishlarini tilab, institutda xizmat qilayotgan 13 nafar xodimning farzandlariga Ichki ishlar Vazirligi tomonidan taʼsis etilgan imtiyozli kvota asosidagi tavsiyanoma va taqdimnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Koʻplab yigit-qizlar qatori menga ham imtiyozli tavsiyanoma berilganidan mamnunman, – deydi Institut Navbatchilik qismi boshligʻi, podpolkovnik Jaloliddin Jumaboyevning qizi Sevinch Zayniddinova. – Bunday imkoniyatdan foydalanib, ota-onam yuzini yorugʻ qilish, Vatanimiz ishonchini oqlashni maqsad qildim.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага