22 Iyul 2021
4806
Profilaktika inspektori o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan shaxsni hayotini saqlab qoldi
Joriy yilning 21 iyul` kuni soat 18.00 lar chamasida Qo'ng'irot tumani «Tarakli» mahallasi hududidan o'tuvchi temir yo'l ko'prigi ustida Qo'ng'irot tumani Nurmuxammedov ko'chasida yashovchi 2003 yilda tug'ilgan K.A. ismli voyaga etmagan shaxs o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lib ko'prikdan o'zini tashlamoqchi bo'layotgan paytda shu hududga biriktirilgan profilaktika inspektori leytenant I.Jamalov tomonidan qutqarib qolingan va ushbu voyaga etmagan bilan psixiatr ishtirokida profilaktik suhbat o'tkazilib ota-onasiga topshirildi.
Hozirgi paytda surishtiruv ishlari davom etmoqda
IIV HPBB Axborot xizmati