Profilaktika inspektorlari va psixolog xodimlarni oʻqitish yuzasidan oʻquv seminar tashkillashtirildi
Qoʻngʻirot tumani IIB rahbariyati hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tuman IIBda ishlayotgan profilaktika inspektorlari va psixolog xodimlarni oʻqitish yuzasidan oʻquv seminar tashkillashtirildi.
Qoʻshma reja asosida, oʻquv seminarda Ichki ishlar boʻlimi, prokuratura, favqulodda vaziyatlar, sud, Xalq qabulxonasi, Adliya, tibbiyot birlashmasi, sud ekspertizasi, sud kriminalistika ekspertizasi, Yoshlar agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari va masʼullaridan iborat 22 nafar maʼruzachilar 5 kun davomida qoʻshma rejada koʻrsatilgan va ahamiyatga molik mavzulari bilan ishtirok qildi.
Oʻquv-seminarda asosiy eʼtibor qilinishi kerak boʻlgan jihatlar, voqea joyini koʻzdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish, ekspertiza turlari, bu boradagi elektron bazalarning ishlatilishi, amaldagi qonunchilik va qonun osti hujjatlaridagi oʻzgarish va qoʻshimchalar, shuningdek, siyosiy va gʻoyaviy mavzularda maʼlumotlar berildi.
Oʻquv-seminar 2 smenada tashkil etilib, xodimlar ikki guruhga boʻlingan holda tushlikkacha yarim, tushlikdan keyin yarimni jalb etish orqali xodimlarning asosiy ishidan uzmagan holda tashkil etildi va seminarda 50 nafardan ortiq xodimlar ishtiroki taʼminlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati