Profilaktika inspektorlarining malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv yig‘inlari tashkil qilinmoqda
O‘qishning maqsadi, xodimlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha malakasi hamda intellektual bilimlarini oshirish, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy masʼuliyat hissini kuchaytirish, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan. Bularning bachasi barchasi inson qadri – aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash uchundir.
Angren shahrida o‘tkazilayotgan o‘quv yig‘inlarida Poytaxt va Toshkent viloyati bo‘yicha IIO Profilaktika inspektorlari jalb etilib, ularga davlat boshqaruvi va huquq-tartibot organlarining OTM professor-o‘qituvchilari, shuningdek sog‘liqni saqlash, xalq qabulxonasi va IT sohasi bo‘yicha yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar hamda yetakchi mutaxassislari tomonidan mahorat darslari va seminarlar tashkil qilinmoqda.
O‘quv yig‘inlari davomida xodimlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi muammolarini “mahallabayʼʼ va “xonadonbayʼʼ hal etish, mahallalarda va aholi gavjum joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, tizimda joriy etilgan yangi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy taʼminotlar imkoniyatlaridan xizmatda keng foydalanish amaliyotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va aholi muammolarini hal etishda sektorlar faoliyatining o‘rni hamda fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, o‘quv yig‘inlari yakuni bo‘yicha xodimlardan sinovlar qabul qilinib, “qoniqarsiz” baholangan profilaktika inspektorlarining IIOda davom ettirishi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi o‘rnatilgan tartibda attestatsiya komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi, sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga esa belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirilishi ham belgilangan.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati