PTsR tahlil natijalarini qalbakilashtirib pullayotgan shaxslar aniqlanib ushlandi
Joriy yilning 23 aprel` kuni pul evaziga fuqarolarga Davlat chegarasidan o'tish uchun koronavirus infektsiyasi tahlili natijalari bo'yicha qalbaki ma'lumotnomalar tayyorlab berayotgan shaxslar faoliyatini fosh etish bo'yicha Ichki ishlar vazirligi Transportda XTB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida Namangan viloyati SeO va JSBda Dezinfektsiya bo'limi dezinfektori lavozimida ishlovchi, 1979 y.t. Namangan viloyati Uychi tuman Oqtosh MFYda yashovchi S.A. - N.X., D.Sh. va X.Q. ismli fuqarolardan analiz tahlillari olmasdan turib ularning nomiga rasmiylashtirilgan “Covid-19” ma'lumotnomalarini “xolis xaridor” N.X.ga taqdim qilib, undan tadbir uchun ajratilgan 200 ming so'm pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Bundan tashqari, 30 aprel` kuni Transportda XTB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand xalqaro aeroporti yaqinida bir guruh shaxslar tezkor tadbirga “mijoz” sifatida jalb qilingan “S” ismli shaxsga “qisqa muddatda 400 ming so'mga ekspress tahlil natijasini tayyorlab berish”ni taklif qilgan.Olib borilgan tekshiruv harakatlari natijasida ushbu shaxslar “AKMAL TRANS” MChJda kirakash bo'lib ishlovchi, Samarqand viloyati Samarqand shahar Xo'jaqishloq mahallasida yashovchi 1986 y.t. A.R. va Samarqand viloyati Samarqand shahar Bulvar dahasida yashovchi 2005 y.t. O.N. ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi