30 Aprel 2021 1401

PTsR test natijalarini qalbakilashtirib sotayotgan vaqtida qo'lga olindi

2021 yil 26 aprel` kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan «nazorat ostida olish» tezkor tadbir o'tkazish maqsadida kapitan A.T. shartli xaridor sifatida viloyat Sanitariya epidemiologiya stantsiyasi laboratoriyasida katta hamshira bo'lib ishlovchi 1976 y.t. Qarshi tumani Shilvi qishlog'ida yashovchi N.S. bilan aloqaga kirishib, 1985 y.t Q.e. 1991 y.t J.e. 1991 y.t A.F.larga tegishli bo'lgan 3 ta pasport nusxalarini «Telegramm» ijtimoiy tarmog'i orqali yuborib, har bir test natijasi uchun 195.000 so'mdan pul to'lash uchun kelishilgan.

27 aprel` kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Qarshi shahar I.Karimov ko'chasida joylashgan «Murod med star» xususiy tibbiyot klinikasi yonida ushbu klinikada ishlovchi 1994 y.t. Koson tumani Ushoqtepa qishlog'ida yashovchi B.Sh. kelishilgan fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan 3 ta PTsR test blankalarini katta hamshira N.S.ga berayotgan vaqtda qo'lga olindi.

Tezkor tadbir davomida N.S. ning yonidan 3 dona PSR test ma'lumotnomasi hamda tadbirga ajratilgan 150.000 ming so'm pul olindi. «Murod med-star» xususiy klinikasi rahbari N.M. o'z ixtiyori bilan IIB xodimlariga 450.000 so'm pulni qaytarib bergan va ular daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага