4 Iyul 2021 4562

«Puli to'lanmagan Matiz» sotildi

2021 yil 2 iyun` kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1995 yilda tug'ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 4 oktyabr` kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1977 yilda tug'ilgan fuqarodan Namangan shahrida yashovchi, 1978 yilda tug'ilgan fuqaroga tegishli bo'lgan Matiz rusumli avtomashinasini 3.500 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 3.250 AQSh dollarini berib, qolgan 250 AQSh dollarni hujjatlarni rasmiylashtirib bergandan so'ng berishiga kelishib, avtomashinani olib ketganligi, lekin avtomashina egasini xabardor qilmasdan sotib yuborib pullarini o'zini ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Ushbu holat bo'yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 iyul` kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага