Pulingizni foizga koʻpaytirib beramiz
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, fuqaro A.R. ariza bilan murojaat qilib, «Instagram» ijtimoiy tarmogʻida «Amir Kurbanov» ismli shaxs bilan pul koʻpaytirib berish maqsadida yozishganligi va 300.000 soʻm pul mablagʻlarini oʻtkazib berganidan soʻng aldanib qolganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxs, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2001-y.t., Sh.N. ekanligi aniqlangan.
Sh.N. firibgarlik yoʻli bilan boshqa bir nechta fuqarolarni aldab, pullarini oʻzlashtirganligi va shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi maʼlum boʻldi.
Sh.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi