22 Iyun 2022 602

Qarovsiz qoldirilgan uydan pul oʻgʻirlandi

Joriy yilning 8-iyun kuni, nomaʼlum shaxs, tumanning “Koʻlboʻyi” mahallasida yashovchi M.K ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi temir seyfdan 300 AQSH dollari va 12.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.X sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага