21 Yanvar 2022
498
Qarshi tumanlik yoshlar bilan uchrashuv
Qarshi tumani IIBda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Xurshid Atanazarov tumanda yashovchi yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazdi.
Unda 50 nafar yoshlar va fuqarolarning ish oʻrni va bandligini taʼminlash, kundalik turmushda uchrayotgan maishiy va boshqa muammolari boʻyicha 36 ta murojaati tinglandi.
Murojaatlarning barchasini hal etish vaqt va mablagʻ bilan bogʻliq boʻlganligi sababli nazoratga olinib, masʼullarga ijro uchun yuborildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati