21 Sentabr 2021 526

Qarshida bezorilik sodir etgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qarshi shahar, I.Karimov koʻchasida joylashgan “Dori-darmon” MChJga qarashli dorixona roʻparasida 2021-yil 20-sentyabr kuni soat taxminan 22:20lar atrofida “Shoʻrtan” MFYda yashovchi Х.I. oʻzining oldindan tanishi boʻlgan “Navo” MFYda yashovchi L.А. va Gʻ.D.lar bir-birini haqoratlab, baqirib yon-atrofdagi fuqarolar tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan oʻzaro janjal qilayotgan vaqtida, viloyat IIB PPX xodimlari fuqarolar oʻrtasida oʻzaro janjal sodir boʻlayotganligini koʻrib, jamoat tartibini saqlash hamda oldini olish maqsadida fuqarolarni oldiga borgan.

Janjal qilayotgan fuqarolar L.А., X.I. va Gʻ.D lar IIB PPX xodimlarini qonuniy talabiga boʻysunmasdan, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat kiyimini yirtib, qoʻlini tishlab faol qarshilik koʻrsatgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 21-sentyabrda Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, L.А. X.I. va Gʻ.D.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibda ushlandi.

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага