30 Dekabr 2021
4336
Qarzini bermayapti
Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, firibgarlikdan aziyat chekkanligini bildirgan.
Uning maʼlum qilishicha, 2021-yilning 28-may kuni Jizzax shahrining Koʻtarma mahallasida yashovchi, masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari jabrlanuvchidan 1 oyda qaytarib berish sharti bilan 2 milliard 150 million soʻm pulini qarzga olgan.
Keyinchalik MCHJ rahbari jabrlanuvchini korxonasining Gʻallaorol tumani boʻlimiga rahbar etib tayinlashni vaʼda qilib, qarzni toʻlashni kechiktirgan.
Qisqasi, pulini ololmagan fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur boʻldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati