14 Oktabr 2021 3979

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida joriy yilning toʻqqiz oyi davomida joylardagi tergov boʻlinmalari faoliyati muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik X.N.Atanazarov ochib, xodimlarning ish faoliyati, kunlik idoraviy va protsessual nazoratni kuchaytirish hamda Respublika hududida tergov xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilishi holatlaridan toʻgʻri xulosa chiqarib olish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, ular bilan noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, tergov davomida halollik, qonuniylik, xolislik, adolat va insoniylik tamoyillariga asoslanib ish yuritish lozimligini qayd etdi.

Koʻlami keng yigʻilishda Tergov boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari podpolkovnik A.O.Ergashov boshqarma va uning shahar-tumanlari boʻlim va boʻlinmalari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarib olgan holda ishni tashkil etishlari, jinoyatlarni tez va toʻla ochish, qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, har bir jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har tomonlama toʻliq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrish tergov idoralarining asosiy vazifasi boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilish davomida hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli oʻtkazilishini taʼminlagan, yuqori natijalarga erishib, xizmatdoshlari uchun oʻrnak boʻlgan 4 nafar tergovchi va surishtiruvchilarga hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalar topshirildi. Yigʻilish davomida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelgan 2 nafar tergov idorasi xodimiga “Hayfsan” intizomiy jazosi eʼlon qilindi hamda bir nafar tergov boʻlimi boshligʻi qoniqarsiz xizmatlari tufayli lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, boshqarma va uning shahar-tumanlardagi tergov idoralari xodimlariga 8 dona printer, 4 dona konditsioner, 1 dona televizor, 2 dona 3 oʻrindiqli stul, kanselyariya mahsulotlari va boshqa ish anjomlari tarqatildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага