15 Yanvar 2022 4017

Qashqadaryo viloyati IIBda tantanali tadbir boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oʻttiz yilligi hamda “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIBda tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda boshqarma sohaviy xizmatlari rahbarlari, shaxsiy tarkib va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlari taklif etildi. Tantanali tadbirni viloyat IIB boshligʻi polkovnik Shuhrat Satvoldiev ochib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining soha vakillariga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Soʻngra, ichki ishlar organlari tizimlarida samarali xizmat qilib, hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh viloyat ichki ishlar organlari xodimlariga IIVning yuksak mukofotlari topshirildi. 

Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga binoan bir guruh xodimlar “Аʼlo xizmatlari uchun”, I-II-III darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari hamda “Faxriy yorliq”, qoʻl soati, pul mukofotlari, ragʻbatlantirish tariqasida navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага