25 Noyabr 2021 4406

Qashqadaryoda o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs “Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz tun”, “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar belgilab olingan.

Jumladan, kecha 23 noyabr kuni O‘rta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

1993 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi «v,d,j,n,o,p» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. U 2020 yilning sentyabr oyidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Ushlangan vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.

Hozirda qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlanib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага