17 May 2022
303
Qidiruvda boʻlgan fuqaro YPX inspektorlari tomonidan ushlandi
Joriy yilning 16-may kuni Angren shahrida YPX inspektori M.A.Shukurov tomonidan fuqaroni shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida planshetga fuqaro toʻgʻrisida maʼlumotlar kirgizilganda, ushbu fuqaro 1975-yilda tugʻilgan Angren shahrida yashovchi fuqaro M.K ekanligi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish) bilan ayblanib, Sirdaryo viloyati IIB tomonidan qidiruv eʼlon qilinganligi maʼlum boʻldi.
Qidiruvdagi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi “Qamoq” boʻlganligi uchun fuqaro Angren shahar IIBga topshirildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati