5 Oktabr 2021 521

Qidiruvdagi shaxs Krasnodar viloyatida qo'lga olindi

2021 yil 30 sentyabr` kuni o'tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O'z.R JKning 164-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo'lgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashagan, 2016 yilda O'z.R JKning 166-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1998 yilda tug'ilgan fuqaroni Namangan viloyati IIB JQB O'MIB tezkor vakili tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig'iga asosan, Rossiya Federatsiyasi Krasnodar viloyatidan ushlanib, Rossiya Federatsiyasi Bosh Prokuraturasining rozilik xati va Minsk konventsiyasiga asosan Moskva shahridan etap qilinib, Namangan viloyati IIB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага