13 Oktabr 2021 246

Qidiruvdagi shaxs ushlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JQBB Oʻzgalar mulkini talon taroj qilishga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan olingan tezkor maʼlumot hamda tashabbusiga asosan, Sergeli tumani IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda 2021-yil 24-sentyabr kuni tezkor qidiruv tadbiri oʻtkazildi.  

Tezkor tadbir natijasida 2021-yil 28-iyul kunidan Sergeli tumani IIO FMB JQB tomonidan jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi bilan qidiruvda boʻlib, ehtiyot chorasi sifatida “Qamoq” belgilangan va tergov organlaridan yashirinib yurgan X.D aniqlanib, ushlandi. 

Mazkur shaxsga nisbatan yuritilgan qidiruv yigʻma jildi harakatdan toʻxtatildi.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага