28 Mart 2021 874

“Qing'ir ishni qiyig'i”  yoki “Qimmatga tushgan komp`yuter o'yini”

2021 yil 21 mart kuni voyaga etmagan 2005 yil tug'ilgan, Toshkent viloyati Toshkent tumanning Keles shahrida yashovchi K.Sh. Keles shahrida joylashgan komp`yuter o'yinlari xonasida kompyuter o'ynab o'tirib, o'ynash uchun puli tugab qoldi.

Unga yana o'yin o'ynash uchun 10.000 ming so'm pul kerak bo'ldi. Shunda u o'ylab o'tirmasdan to'g'ri o'yin xonadan chiqib, temir yo'l rel`slari yoniga borib shu erga o'rnatilgan bir dona “UPM24-4” rusumli umumiy narxi 1460960.00 so'm bo'lgan kabel` muftalarini bog'lab turuvchi qurilma qutini erdan sug'urib oldi va olib ketmoqchi bo'ldi.

Lekin  qutini ichidagi simlar unga xalaqit qildi. Simlarni kesib tashlash niyatida shu yaqin orada yashovchi tanishi 2004 yil tug'ilgan U.K.dan yordam so'radi. Ikki tanish qo'llarida bolta bilan temir yo'l ustiga chiqib "UPM-4"  rusumli qutini va "UKM 12-4" umumiy narxi 624565.00 so'm bo'lgan boshqa bir qutini buzib olishdi hamda shu yaqin oradagi ikkilamchi qora metalllarni qabul qilib olish punktiga borishdi. Punkt qorovuli ushbu qurilmalarni 28 kilogramm chiqqanligini va narxi 41 ming so'm bo'lishi  pulini esa ertasi kuni berishini aytdi.

Ushbu holat yuzasidan "Keles" bekatida sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor profilaktik tadbir natijasida bolalarning qing'ir ishlari o'z vaqtida fosh etildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan voyaga etmaganlarning qonuniy vakillariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko'rish uchun  Toshkent viloyati voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo Toshkent tumani  komissiyasiga yuborildi.

endi voyaga etmaganlarni ota-onalari farzandlari tomonidan “Toshkent signallashtirish va aloqa distantsiyasi” korxonasiga etkazilgan 946886.32 so'm zararni to'lash va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 47-moddasidagi huquqbuzarlik yuzasidan javob berishi kerak bo'ladi.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага