26 May 2023 751

Qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarni sotish bilan shugʻullangan shaxs fosh etildi

Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan joriy yilning 16-may kuni alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida Kogon shahrida tezkor tadbir oʻtkazilganda, “Alan Maryam” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari G.A. oʻziga qarashli savdo doʻkonida 31 dona jami 955,0 ming soʻmlik qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Buxoro viloyat IIB ekspert kriminalistika markazining xulosasiga asosan ushbu alkogol mahsulotlarining aksiz markalari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага