26 Avgust 2020 4338

Qo'qon shahrida “Captiva” sotib olmoqchi bo'lgan shaxs 22.800 AQSh dollariga aldandi

2019 yilning dekabr` oyida S.X. S.U.ning ishonchiga kirib, nomida bo'lmagan  “Captiva” rusumli avtomashinani o'ziga tegishli ekanligini va nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yo'li bilan avtomashinani 22.800 AQSh dollari evaziga sotib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага