Qo'qon shahrida jiyan ammasining mol-mulkini o'g'irladi
Qo'qon shahri. 19 iyul` kuni Mirishkor ko'chasida yashovchi P.R. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan narxi 1.500.000 so'mlik “Samsung” rusumli televizor va 2.000.000 so'm pullarini yashirin ravishda o'g'irlab ketganini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi P.R. ismli ayolning birga yashovchi jiyani P.S. sodir etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismiga qayta malakalangan.
eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati