Qo'qon shahrida joylashgan oilaviy korxona omboridan 46.282.000 so'mlik mol-mulklarni o'g'irlagan shaxs aniqlandi
Qo'qon shahri. 11 may kuni Baxmolbop ko'chasida joylashgan oilaviy korxona rahbari R.U. IIBga murojaat qilib, unda 01 may kunidan 11 may kunigacha bo'lgan vaqt oralig'ida noma'lum shaxs o'ziga tegishli bo'lgan oilaviy korxona omboriga g'ayriqonuniy ravishda kirib, jami narxi 46.282.000 so'mlik mol-mulklarni yashirin ravishda o'g'irlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.M. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan,
eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati