24 Mart 2021 4667

Qo'qon shahrida qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs aniqlandi

Qo'qon shahri. 14 mart kuni M.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 14 mart kuni noma'lum shaxs U.Nosir ko'chasida joylashgan savdo do'koniga xarid uchun kirib, umumiy narxi 110.000 so'mlik spirtli ichimlik va boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib, qalbaki usulda tayyorlangan 100 AQSh dollarini berib, 935.000 so'mni qaytim sifatida olib hodisa joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan.

O'tkazilgan sudga oid texnik-kriminalistik ekspertizaning xulosasiga ko'ra, 1 dona 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyura qalbaki usulda rangli printer yordamida yordamida tayyorlanganligi ko'rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida 1 dona 100 AQSh dollari kupyuradagi pul Yu.M. tomonidan tayyorlanganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi  ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага