24 Yanvar 2023 452

Qo‘qon shahrida savdo do‘kondan pul va tamaki mahsulotlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Qo‘qon shahar. E.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 02 yanvar kunidan 03 yanvar kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Turon ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konidan 6.000.000 so‘m pullari va jami narxi 5.600.000 so‘mlik tamaki mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага