Qo‘qon shahrida “Spark” avtomashina salonidan pul o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi
Qo‘qon shahar. Fuqaro Sh.Q IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 20 iyul kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Spark” rusumli avtomashinasi salonidan 600.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni I.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati