13 Avgust 2022 851

Qoʻqon shahrida yana bir talonchi qoʻlga olindi

Qoʻqon shahrida 5-avgust kuni A.Navoiy mavzesida joylashgan savdo doʻkoni oldida savdo qilayotgan A.G ismli ayoldan pul talab qilib, qoʻlida boʻlgan bir dona narxi 600.000 soʻmlik “Samsung J 5" rusumli telefon apparatini qarshilik qilishiga qaramasdan ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida, Fargʻona viloyati IIB Ikkinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi 3-guruh xodimlari tomonidan ushlanib F.Akbarovdan "Samsung J 5" rusumli telefon apparatini ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага