15 Yanvar 2022 4002

Qoʻqonda qarovsiz qoldirilgan 13.000.000 soʻmlik temir quvurlarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

2022-yilning 6-yanvar kuni Yu.M IIBga murojaat qilib, unda 4-yanvar kuni nomaʼlum shaxs Navbahor koʻchasida qarovsiz qoldirgan narxi 13.000.000 soʻmlik temir quvurlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.L sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Аxborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага