21 May 2022 480

Qora metall parchalarini tushirayotgan vaqtida qoʻlga olindi

Joriy yilning 18-may kuni Bekobod bekatidagi XTB xodimlari va Xovos Harbiylashtirilgan oʻqchilik komandasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida, “Xovos-Bekobod” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan tarkibida jami 58 ta har xil yuk vagonlari boʻlgan yuk poyezdi Bekobod temir yoʻl bekatiga qarashli 31-32 km 8-piketlar oraligʻiga kelgan vaqtida, 1994-y.t. Toshkent viloyati Bekobod shahar Mirzachoʻl koʻchasida yashovchi R.R. metall parchalari ortilgan vagonlarga chiqib vagon ichidan taxminan 400-500 kg. qora metall parchalarini tushirgan vaqtida ushlangan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага