“Qoradori-2022”: Tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan ekinlarni yetishtirib kelayotgan shaxsning qilmishi fosh etildi
Urganch shahri boʻyicha IIO FMB xodimlari tomonidan “Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, taqiqlangan ekinlarni, yaʼni, tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotgan shaxsning jinoiy qilmishi fosh etildi.
Jumladan, Urganch shahrida yashovchi, 1967-yilda tugʻilgan D.H. ning yashash uyi va tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, xonadon egasi uyining tomorqa qismida 2 tup “kannabis” oʻsimligini ekib, yetishtirib kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʻra ushbu oʻsimliklar tarkibida giyohvandlik vositasi borligi tasdiqlandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, “kannabis” esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati