22 Sentabr 2022 465

Qorakoʻl tumanida paxta talon-taroj qilinishining oldi olindi

Paxta yigʻim-terimi paytida dalalarda yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilinishi, payhon qilinishi hamda oʻgʻirlanishini oldini olish maqsadida ilgari xabar berganimizdek, Buxoro viloyati IIB xodimlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilgan. Ular har gektar maydon, har bir fermer xoʻjaliklari dalalarida tunu kun nazorat tadbirlari oʻtkazmoqdalar.

Joriy yilning 17-sentyabr kuni Qorakoʻl tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning “Tojikent” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash manzili va yordamchi xoʻjaliklari koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni molxonasida 230 kilogramm paxta, 6 kilogramm chigit va paxtadan chigitni tozalash dastgohi aniqlanib, ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi. Paxta xomashyosi esa tegishli tartibda Qorakoʻl tumani Paxta tozalash punktiga topshirildi.

Shuningdek, kuni-kecha 20-sentyabr kuni oʻtkazilgan navbatdagi tezkor profilaktik tadbir davomida tumanning “Dargʻabogʻi” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash manzili va yordamchi xoʻjaliklari koʻzdan kechirildi. Natijada uning yashash xonadoni molxonasidan 220 kilogramm paxta xomashyosi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi va olib qoʻyilgan paxta xomashyosi Qorakoʻl tumani Paxta tozalash punktiga topshirildi.

Har ikkala holat yuzasidan surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, bu kabi qonun buzilish holatlarini aniqlash borasidagi tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага