15 May 2022 304

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Boʻzatov tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Joriy yilning 14-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi 3 sektor boshligʻi ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbayevning Boʻzatov tumani “Erkindaryo” OFYda sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan sayyor qabulda, fuqarolarning murojaatlari boʻyicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi boʻyicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam koʻrsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul soʻngida sektor rahbari hamda tuman hokimligi tomonidan kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalarga maishiy texnikalar yordam tariqasida berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага