22 Sentabr 2022 622

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi faoliyati bilan tanishdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Nukus shahrida joylashgan Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyida boʻlib, oʻquv yurtida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Bu yerda oʻquvchilarga bilim berish bilan birga 4 mahal ovqatlanishi uchun ham yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Vazir boshchiligida tegishli soha vakillari litseyning oshxonasi faoliyati bilan xam tanishib, bu yerdagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirdi. 

Oʻquvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini yanada yaxshilash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi. 

Vazir B. Torebekov Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi oʻquvchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida oʻquvchilar bilan savol javoblar oʻtkazdi. 

Mamlakatimizda, shu jumladan, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida oʻquvchi yoshlarga maʼlumotlar berib oʻtdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага