20 Mart 2022 796

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida «Navro‘z umumxalq bayrami» bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida yangilanish va yasharish bayrami bo‘lgan Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Orinbayev so‘zga chiqib bugungi bayram bilan yig‘ilganlarni tabrikladi. Shundan so‘ng, vazirlik xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Xodimlar Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatlarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, arqon tortishish, tosh ko‘tarish kabi sport turlarida kuch sinashishdi, hamda musobaqa g‘oliblari vazirlik rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Sana munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram dasturxoniga sohaviy xizmat xodimlari va faxriylari taklif qilindi. Tadbir, respublika madaniyat xodimlarining va vazirlikning Orol yulduzlari ansamblining konsert dasturi bilan davom etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага