11 Mart 2023 1293

Qoʻrgʻontepa tumani IIB xodimlarining yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilimlari oshirilmoqda

Zamonaviy jamiyatchilikni oʻziga xos tartib va qoidalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Chunonchi, siz yoki biz kabi insonlardan farqli oʻlaroq, davrimizning tartib posbonlaridan mavjud qoidalarni hammadan afzalroq tarzda oʻzlashtirish talab etilishi turgan gap.

Qoʻrgʻontepa tumani IIBda xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar uchun yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Shuningdek, IIB masʼullari va YHXB inspektorlari tomonidan xodimlarga tegishli boʻlgan transport vositasining hujjatlari tekshirib oʻtilmoqda.

Ushbu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 17-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Yoʻl harakati xavfsizligi oyligi”ni oʻtkazish” toʻgʻrisidagi 42-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага