3 Iyun 2023 588

Qoʻshni hovlidagi oʻrikzor

Namangan viloyati. 2023-yil 16-may kuni soat 10:00 larda 52 yoshli M.I. Norin tumani Obod koʻchasida joylashgan hech kim yashamaydigan hovlisidan xabar olish maqsadida borgan vaqtida hovlisiga ekilgan oʻrik daraxtiga Obod koʻchasida yashovchi voyaga yetmagan 12 yoshli M.T. chiqib oʻrik isteʼmol qilayotganligini koʻrib, unga “Nima sababdan oʻrik daraxtiga chiqib oʻriklarni isteʼmol qilyapsan, devordan oʻtib, uni buzib yuboryapsanlar, pastga tush” deb turli xil soʻzlar bilan soʻkkan vaqtida voyaga yetmagan M.T. uni gaplaridan soʻng pastga tushib qochib ketayotgan paytida M.I. unga “Toʻxta” deb qoʻlida boʻlgan toshni otgan vaqtida tosh bosh qismiga tegib tan jarohati yetkizganligi aniqlangan. Natijada voyaga yetmagan M.T. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan M.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага