26 May 2022 1009

Qo‘shtepa tumanida 262 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Qo‘shtepa tumani.17 may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Xumdon mahalla hududida yashovchi E.D ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 262 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага