15 Sentabr 2021 210

Qumqo'rg'onda ikki bezori javobgarlikka tortildi

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yil 8 avgust kuni soat 20.30 larda, tumanning “Surxon soxili” mahallasida yashovchi, N.Jaloliddin va tumanning “Ulug'bek” mahallasida yashovchi, Q.Samandarlar jamoat joyi hisoblangan tumanning “Navro'z madaniyat va istirohat bog'ida” jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, shu mahallada yashovchi, N.Shuxratni qo'li bilan duch kelgan joylariga urib, “sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil” tan jarohati etkazgan. 16 avgust kuni N.Jaloliddin va Q.Samandarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага