Quva tumanida kissavur ayol qo'lga olindi
Quva tumani. 27 may kuni D.S. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs Bo'ston ko'chasida joylashgan bozorda savdo rastasi oldida qarovsiz qoldirilgan o'ziga tegishli bo'lgan ayollar sumkasida bo'lgan 365.000 so'm pullari va narxi 700.000 so'mlik “Samsung J2 Prime” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda o'g'irlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.D. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan,
eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati