19 Avgust 2022 838

Quva tumanida nazoratsiz yurgan 12 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi

Viloyatimiz boʻylab hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan dolzarb 40 kunlik tadbirlari doirasida Quva tumanida ham kunduzgi va tungi profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tuman hududida faoliyat yuritayotgan koʻngilochar, koʻcha va jamoat joylarida olib borilgan reyd tadbirlari davomida Andijon viloyati Shaxrixon tumani va Toshloq tumanidan kelib nazoratsiz yurgan 12 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ular tomonidan kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага